Jig`ildon qaynashi har qanday yoshdagi odamlarda tez tez uchraydi! Bu holat alohida kasallik sifatida qaralishi va boshqa kasalliklarning simptomi sifatida ko`rilishi mumkin. Kasalliklarning har biri salomatlik uchun o`z sabablari va oqibatlariga ega. Shuning uchun jig’ildon qaynashi belgilari paydo bo'lganda, shifokor bilan maslahatlashish zarur.
- Gastroezofagial reflyuks kasalligi (GERK). Ushbu kasallik jig’ildon qaynashining eng keng tarqalgan sabablaridan biridir. Biroq, patsientlarda boshqa simptomlar bo'lmasligi mumkin. GERK surunkali patologiya bo'lib, zo’riqish va remissiya davrlari bilan kechadi, shuning uchun uning namoyon bo'lishi har doim ham kuzatilmasligi mumkin. Agar siz tibbiy yordamga murojaat qilmasangiz, kasallik “Barrett qizilo'ngachiga” aylanishi mumkin.
- Bu holat rak oldi bo'lib, yuqori ehtimollik darajasi bilan oshqozon-ichak traktini xavfli o'smalarining rivojlanishiga olib keladi. Katta yoshdagi aholi orasida GERKning yuqori tarqalishini (40% gacha) hisobga olsak, muammoni juda dolzarb deb hisoblash mumkin? Va bu jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
- Qizilo'ngach strikturalari. Tez-tez jigi’ldon qaynashi qizilo'ngachning me’daga o'tish joyida torayish hosil qilishi mumkin. Ushbu patologiya odatda o’tkazilgan operasiyalar, jaroxat yoki boshqa kasalliklardan keyin, ham xavfsiz, ham xavfli kasalliklar natijasida rivojlanishi mumkin.
- Qizilo'ngachning peptik yarasi. Ushbu kasallik GERK ning asorati bo'lib, doimiy jigi’ldon qaynashi, yutishni buzilishi va og'riq belgilari bilan birga kechadi. Peptik yarasiga uchragan patsientlarda qon ketish xavfi yuqori, shuning uchun shoshilinch tibbiy yordam talab qiladi.
Jig`ildon qaynashi homilador ayollarda, ayrim sabablarga ko`ra oshqazon-ichak traktining motorikasi buzilishi, yoki ma`lum dorilarni qabul qilgandan keyin rivojlanishi mumkin. Boshqa sabablar qatorida, noto’g’ri ovqatlanish, zararli odatlarni mavjudligi, og'ir jismoniy zo'riqishni belgilash mumkin1.
Jig’ildon qaynashi qanday namoyon bo’ladi?
Jig’ildon qaynashining eng yaqqol simptomi ko’rinishlari - bu ko’krak qafasi orqasida achishish yoki qorinning yuqori qismida, ya'ni qizilo'ngachning anatomik joylashuvi proektsiyasida va uning me’daga o'tishiga to'g'ri keladigan sohasi hisoblanadi. Boshqa ko'rinishlar jig’ildon qaynashi rivojlanishiga olib kelgan sabablarga bog'liq bo'ladi. Shuning uchun har bir patsientda klinik-holati quyidagi parametrlarda farq qilishi mumkin:1:
-
Jig’ildon qaynashining turli vaqtlari: ovqatdan so'ng darhol, ovqatdan 30-60 daqiqa o'tgach, och qoringa va boshqalar.
-
Og'izda nordon yoki achchiq ta'm mavjudligi.
-
Ovqat bilan tez to'yinish.
-
Ko'ngil aynishi va qusish.
-
Har xil darajadagi achishish hissi va boshqalar.
Faqatgina jig’ildon qaynashi belgilariga asoslanib, sababini aniqlash mumkin emas, shuning uchun agar bu simptom mavjud bo'lsa, patsientga shifokor maslahati va keyinchalik tekshiruv buyuriladi. Shundan keyingina mutaxassis kerakli davolash taktikasini tanlashi mumkin. Simptomning o'zini bartaraf qilish va davolash patsientning ahvolini engillashtirish uchun antatsidlar guruhidan preparatlar qo'llaniladi. Ularning ta'sir qilish mexanizmi qizilo'ngachning shilliq qavatiga ta'sir qiluvchi va jig’ildon qaynashi rivojlanishiga olib keladigan kislotali muhitni neytrallashtirishdan iborat. Bunday holda, ushbu guruhning preparatlari ushbu simptomning bevosita sababiga ta'sir qilmasligi mumkin.
Renni®️ antasidlar guruhiga mansub. Jig’ildon qaynashi va oshqozon shirasining kislota yuqori darajasi va reflyuks ezofagitining boshqa ko'rinishlari uchun samarali vositadir. Preparatni kattalar ham, 12 yoshdan boshlab bolalar ham qabul qilishlari mumkin.
Jig’ildon qaynashi jiddiy va xavfli kasalliklarning namoyoni bo'lishi mumkin, shuning uchun agar u paydo bo'lsa va rivojlansa, shifokorga murojaat qilish zarur. Agar bu simptom etarlicha yaqqol bo'lsa va jiddiy noqulaylik tug'dirsa, u holda Renni®️ bir muddat vaziyatni engillashtirishga yordam beradi. Jig’ildon qaynashining bevosita sababini bartaraf etish uchun boshqa davolash usullari kerak bo'lishi mumkin.
Maqola keying ma`lumotlar asosida tayyorlangan:
1. Lapina T.L. Jig’ildon qaynashi: tarqalishi, klinik ahamiyati, pasient kuzatuvi. Farmateka. // Tanlangan ilmiy va tibbiy maqolalarning yillik to'plami. Gastroenterologiya. - 2006. - 96–103 b.
2. Kuzatuv tadqiqoti natijalariga ko'ra (1189 pasient), 97% Rennining jig’ildon qaynashi va nordon kekirishni, GERK simptomlarini bartaraf qilish samaradorligini juda yaxshi deb baholadi. Weingärtner U. Rennie-Verwender bestätigen zuverlässige Wirkung bei Sodbrennen // Pharm Ztg. 2010. Jil.155(18). R.80–85.
СН-20230622-81