Jig’ildon qaynashini davolash

Jig’ildon qaynashini davolash

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, aholining taxminan 18-22 % jig’ldon qaynashiga duch keladi. Jig’ldon qaynashi bu- qorinning yuqori qismida va ko'krak qafasi orqasida achitish bilan kechadigan holat deb tushuniladi. Bu muammo noqulaylik tug'diradi va turli xil omillarning natijasidir, shuning uchun jig’ldon qaynashining sababini va davolash taktikasini aniqlashga qaratilgan choralarni o`tqazish muhimdir.

РЕННИ

Renni®️

Jig`ildon qaynashini qisqa vaqt ichida unutishga yordam beradi

 

Qizilo'ngach epiteliysi bunday himoyaga ega emas, ammo mushak sfinkterining maxsus to’sig’i tufayli -kislota salbiy ta'sir ko`rsataolmaydi. Agar u o'z vazifasini bajara olmasa, odam doimiy jig’ildon qaynashi bilan bezovtalanishi mumkin. Ushbu simptom ko'pincha quyidagi kasalliklarda mavjud:

  • Gastroezofageal reflyuks kasalligi (GERK)
  • Gastrit
  • Qizilo’ngach va me’dani yarali shikastlanishi
  • O’t tosh kasalligi
  • Barrett qizilo’ngachi
  • Qizilo'ngach yoki uning atrofidagi to'qimalarning xavfsiz va xavfli o'smalari

Jig’ildon qaynashi ko'pincha noto'g'ri turmush tarzi natijasida rivojlanadi. Bunday holda, uning yuzaga kelish sabablari ovqatlanishdagi buzilishlar, chekish, spirtli ichimliklarni suiiste'mol qilish, doimiy stress va boshqalar bo'ladi Jig’ildon qaynashi mustaqil kasallik sifatida tasniflanishi mumkin. Ushbu tashxis patsient qorinning yuqori qismida va ko’krak qafasi orqasida achitishga shikoyat qilganda, lekin unda boshqa kasalliklarga xos belgilarni aniqlanmagan hollarda belgilanadi.

 

Diagnostika usullari

 

Jig’ildon qaynashini maksimal samarali davolash taktikasini tanlash tushunish uchun uning yuzaga kelishi sababini aniqlash kerak. Shu maqsadda patsientga an'anaviy ravishda so'rov, anamnez va shikoyatlarni aniqlash bilan boshlanadigan keng kompleks tekshiruv buyuriladi. Shifokor uchun patsienting ovqatlanish odatlarini, uning yashash sharoitlarini aniqlash, qabul qilingan dori-darmonlar va o'tkazilgan kasalliklar haqida ma'lumot olish juda muhimdir. Diagnostikaning keyingi bosqichida instrumental tekshiruv buyuriladi, u quyidagi usullarni o'z ichiga olishi mumkin:

  • Ezofagogastroskopiya

  • Kontrastli qizilo’ngach rentgeni

  • Oshqozon shirasining kislota darajasini sutkalik monitoringi

  • Qizilo’ngach manometriyasi

  • Laborator tahlillar

Kompleks tekshiruv oshqozon-ichak traktining holati haqida to'liq va ob'ektiv ma'lumot olish imkonini beradi. Kelajakda o’tkazilgan diagnostika natijalari jig’ildon qaynashini davolash samaradorligini baholash uchun qo’llaniladi. Jig’ildon qaynashi bilan kurashish uchun ushbu tahlillar topshirish va shifokorning qayta ko’rigi uchun yozilish kerak.

 

Klinik ko’rinishlari

 

Jig’ildon qaynashining asosiy namoyon bo'lishi bu ko’krak qafasi orqasida achishish hissi, ammo, masalan, ba'zi pasientlarda ovqatdan keyin darhol yuzaga keladi, boshqalarida esa och qoringa yoki tana holatini o'zgartirganda paydo bo'ladi. Ushbu bilvosita belgilarga asoslanib, shifokor simptomning sababini shubha ostiga qo'yishi mumkin, ammo yakuniy tashxis faqat kompleks tekshiruvdan keyin aniqlash mumkin.

Boshqa klinik ko'rinishlar orasida quyidagilar: og`izdagi nordon ta'm, ko'ngil aynishi, qusish, kekirish, yutishni buzilishi, qorin sohasida og’riq, umumiy holsizlik, tana vaznini kamayishi va boshqalar kuzatilishi mumkin. Ovqatdan keyin jig’ildon qaynashi rivojlanishiga olib kelgan muayyan patsientda simptomlarning aniq to`plam sabablarga bog'liq bo'ladi.

 

Jig’ildon qaynashi bilan qanday kurashish mumkin

 

Jigildon qaynashi va unga hamroh bo'lgan simptomlarni davolash uchun vositalarning juda katta ro'yxati mavjud. Bunday holda, har bir holatda, davolashni yanada samarali qilishga yordam beradigan asosiy qoidalarga rioya qilish muhimdir. Oziqlanish va turmush tarzini o'zgartirishga alohida e'tibor qaratilishi kerak. O'tkir, achchiq, yog'li, qovurilgan ovqatlar, souslar, ziravorlar, gazli ichimliklar, qahva, ba'zi mevalar va oshqozon shirasining kislota darajasini o'zgartirishi mumkin bo'lgan boshqa mahsulotlar ratsiondan chiqarib tashlanishi lozim. Ikkinchi muhim qadam - zararli odatlardan voz kechish, xususan, chekish va spirtli ichimliklarni iste'mol qilish.

Jig’ildon qaynashini medikamentoz davolashni tekshiruv natijalariga ko'ra shifokor tomonidan buyuriladi. Davolash rejasiga quyidagi dori preparatlari guruhlari kiritilishi mumkin:

  • Alginatlar. Jigarrang dengiz o'tlaridan tayyorlanadi va qizilo'ngach shilliq qavatini xlorid kislota ta'siridan himoya qiluvchi himoya plyonka hosil qilishga qodir.

  • Antatsidlar. Alyuminiy, kaltsiy va boshqa metallarning birikmalari tufayli ortiqcha kislotani neytrallashtirish uchun qo’llaniladi. Ushbu guruhga Renni®️ preparati kiradi. Kaltsiy karbonati va magniy gidroksikarbonati hisobiga jig’ildon qaynashi simptomlarini yengillashtirishga yordam beradi.

  • Gastroprotektorlar. Me’da shilliq qavatining shikastlangan joylariga tanlab ta’sir qiladi va ularni keyingi shikastlanishdan himoya qiladi, gastritning rivojlanishini va me’da yarasi rivojlanishiga to’sqinlik qiladilar.

  • H2-gistamin retseptorlar blokatorlari. Me’dada ortiqcha kislota hosil bo'lishidan kelib chiqqan, ovqatdan keyin doimiy jig’ldon qaynashini davolash uchun qo’llaniladi. Bunday davolash uzoq muddatli kurslar davomida o'tkaziladi va bir necha yil davom etishi mumkin.

  • Proton pompa ingibitorlari. Ushbu guruhdagi preparatlar xlorid kislotasining sekretsiyasini ham bloklaydi, ammo nojo’ya samaralar xavfi rivojlanish tufayli ularni uzoq vaqt davomida qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Davolash ko'pincha kompleksli va bir vaqtning o'zida turli guruhlardagi bir nechta preparatlarni qabul qilishni o'z ichiga oladi. Har bir holatda, shifokor kasallik sabablarini hisobga olgan holda va davolash ularga maksimal samaradorlik bilan ta’sir etishini hisobga olgan holda tavsiya beradi.

Agar to'satdan kuchli jig’ildon qaynashi rivojlangan bo'lsa va yaqqol noqulaylik tug'dirsa nima qilish kerak? Holatni engillashtirish uchun simptomatik preparat qabul qilish mumkin, masalan, Renni®️. Jig’ildon qaynashi bilan kurashadi va noxush simptomlarni yengillashtirishga yordam beradi. Shuningdek, mutaxassisga murojaat qilish va kerakli tekshiruvdan o'tish muhim.

СН-20230622-81

Renni  ®️ preparatlari

Ренни ментоловый

Renni®️ mentol

Ko’proq ma’lumot olish

Ренни апельсиновый

Renni®️ apelsin

Ko’proq ma’lumot olish