Homiladorlik vaqtida jig’ildon qaynashi

Homiladorlik vaqtida jig’ildon qaynashi

Nima uchun homiladorlik vaqtida jig’ildon qaynashi yuzaga keladi?

 

Ko'p ayollar homiladorlik vaqtida birinchi marta jig’ildon qaynashi simptomlarini boshdan kechirishadi. Bu juda keng tarqalgan muammo - bo'lajak onalarning 80% dan ortig'i jig’ildon qaynashiga shikoyat qiladilar1.

 

Odatda, jig’ildon qaynashi noxush simptomtlari ovqatlanishdan so'ng paydo bo'ladi, ayniqsa darhol yotib olsangiz. Ko'pincha jig’ildon qaynashi homiladorlikning birinchi oylarida yuzaga keladi, ikkinchi uch oylikda kuchayadi va ayniqsa uchinchi uch oylikda bezovtalik sababiga aylanadi.

 

Organizmda qanday o’zgarishlar sodir bo’ladi?

 

Bo’lajak onalarda jig’ildon qaynashining asosiy sababi progesteron bo'lib, ba'zida "homiladorlik gormoni" deb ataladi.

U ayol organizmini yaqinlashib kelayotgan tug'ruqqa tayyorlaydi, barcha mushaklar va bog’lamlarni bo'shashtiradi. Afsuski, boshqa mushaklar bilan birga, me’dani qizilo'ngachdan ajratib turadigan klapanni ham zaiflashtirishi mumkin. Shu sababli, me’da ovqatni hazm qiladigan kislotasi qizilo'ngachga tushadi va uni ta’sirlaydi, shuning uchun homiladorlik vaqtida jig’ildon qaynashi bezovta qilishni boshlaydi. Bundan tashqari, bola o'sib ulg'aygan sayin, me’daga bosim kuchayadi, bu esa tez-tez jig’ildon qaynashini yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin.

Yaxshi xabar: tug'ruqdan keyin noxush simptomtlar yo'qolishi mumkin, chunki me’daga bosim va "homiladorlik gormoni" ishlab chiqarishi to'xtaydi. Chaqaloq tug`ulganga qadar, siz Renni®️ qabul qilishingiz mumkin.

Nima uchun RENNI®️ ni butun homiladorlik davrida va emizish davrida qabul qilish mumkin?

 

Renni®️ tarkibida murakkab kimyoviy birikmalar mavjud emas. Preparat juda oddiy formula - kaltsiy karbonati va magniy gidroksikarbonati - tabiatda tabiiy shaklda mavjud bo'lgan va odam organizmi uchun tabiiy bo'lgan moddalar asosida yaratilgan. Kaltsiy va magniyga asoslangan antasidlar (Renni kabi), bu elementlarning yuqori xavfsizligi tufayli, homiladorlik vaqtida jig’ildon qaynashini bartaraf etish uchun qo’llaniladi2.

 Maqola keying ma`lumotlar asosida tayyorlangan:

1. Weyermann M et al. Helicobacter pylori infection and the occurrence and severity of gastrointestinal symptoms during pregnancy. Am J Obstet Gynecol 2003;189:526-31

2. Tytgat et al. Contemporary understanding and management of reflux and constipation in the general population and pregnancy: a consensus meeting. Aliment Pharmacol Ther 2003;18:291-301

 

СН-20230622-81

Renni  ®️ preparatlari

Ренни®️ ментоловый

Renni®️
mentol

Ko’proq ma’lumot olish

Ренни®️ апельсиновый

Renni®️
apelsin

Ko’proq ma’lumot olish