MАQULLАNGАN»
Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlas vazirligi huzuridagi
“Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika
ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK
« 15 »_03 _2023y. № 5
TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHIGA DOIR YO‘RIQNOMA РЕННИ®️ (RENNIE®️)
Savdo nomi
Rennie®
Halqaro patentlanmagan nomi
kal'siy karbonati/ magniy karbonati
Dori shakli
Yalpiz ta'mli chaynaladigan tabletkalar.
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi faol moddalar: kal'siy karbonati 680 mg, asosiy og‘ir magniy karbonati 80 mg. yordamchi moddalar: saxaroza, oldindan jelatinlangan makkajo‘xori kraxmali, kartoshka kraxmali, tal'k, magniy stearati, yengil suyuq parafin, yalpiz aromatizatori, limon aromatizatori.
Ta'rifi
Oq yoki sarg‘ish-oq rangli, kvadrat shaklli, botiq yuzali, ikkala tomonida «RENNIE» gravirovkali, yalpiz hidli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Antasid vositalarning boshqa majmualari.
ATX kodi: A02AX
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Antatsidlar - kaltsiy karbonat va magniy karbonat ortiqcha me'da xlorid kislotasini tezda neytrallashni ta'minlaydi. Ta'sir qilish printsipi mahalliy, ta'sir etuvchi moddalarni tizimli qon aylanishiga tushishiga bog'liq emas. Kal'siy karbonati neytralizasiya qiluvchi ta'siri magniy karbonat qo'shilishi bilan kuchayadi. Ijobiy samaraga tezda erishilishi tabletkalarning yahshi eruvchanligi va kaltsiy karbonatini yuqori miqdori bilan bog'liq. Kislotani neytralizasiya gilish bo'yicha in vitro tadqiqotlari (sun'iy oshqozon modeli) Rennie® preparati me’da pH ni 40 sekundda 1,5-2 dan 3 gacha ko'tarishini va 1 minutda 13 sekundda pH 4 ga erishishini ko'rsatdi. Model sinovida erishilgan maksimal pH 5,24 tashkil qiladi.
Farmakokinetikasi
Me'dada Rennie® preparatini me'da shirasi bilan o‘zaro ta'siri natijasida kal'siy va magniyning eruvchan tuzlari hosil bo‘ladi. Ushbu birikmalardan kal'siy va magniyni so‘rilish darajasi preparatning dozasi va individual xususiyatlarga bog‘liq. So‘rilishning maksimal darajasi – 10% kal'siy va 15-20% magniy. Sog‘lom shaxslarda so‘rilgan kal'siy va magniyning oz miqdori buyraklar orqali chiqariladi. Buyrak funksiyasi buzilganida plazmada kal'siy va magniyning darajasi oshishi mumkin. Ichakda eruvchan tuzlardan axlat orqali chiqariladigan erimaydigan birikmalar hosil bo‘ladi.
Qo‘llanilishi
Jig‘ildon qaynashi va kislotali reflyuksda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar: bir martalik doza 1-2 tabletka, og‘riqlarda – kuniga 4 tadan 8 ta tabletkagacha. Tabletkalarni chaynash yoki to‘liq erib ketgunigacha og‘izda ushlab turish mumkin. Kuchli og‘riqda doza qisqa vaqt davomida kuniga 11 tabletkagacha oshirilishi mumkin. Dori vositasini qabul qilish davomiyligi 10 kundan oshmasligi kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Immun tizimi tomonidan: juda kam xollarda allergik reaksiyalar – toshmalar, eshakemi, Kvinke shishi va anafilaksiya.
MIY tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, me'da tomonidan buzilishlar va diareya.
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan: buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda preparatning yuqori dozalarini uzoq vaqt qabul qilish dozani oshirib yuborilishi bilan bog‘liq bo‘lgan reaksiyalar – gipermagniemiya, giperkal'siemiya va alkaloz paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin, bu MIY tomonidan simptomlarni (ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat) va mushak kuchsizligini yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin.
Skelet-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan: mushak kuchsizligi. Nerv tizimi tomonidan: ta'm bilishni yo‘qolishi, bosh og‘rig‘i.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan: azotemiya.
Sut kislotasi-ishqor sindromi bilan bog‘lilq nojo‘ya reaksiyalar: asteniya va kal'sinoz kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Nefrokal'sinoz, og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi, giperkal'siemiya, giperkal'siuriya, gipofosfatemiya; fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukozo-galaktozani so‘rilishini buzilishi yoki saxaraza-izomal'taza yetishmovchiligi bilan bog‘liq nasliy kasalliklar; preparatning ingredientlariga yuqori sezuvchanlik, miasteniya, ichak tutilishida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Ichga qabul qilinadigan boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilinganida ularni MIY da so‘rilishi pasayadi. Ehtiyotkorlik chorasi sifatida antasidlarni boshqa dori vositalaridan alohida qabul qilish maqsadga muvofiq.
Rennie® preparatini boshqa dori vositalarini qabul qilishdan kamida 2 soat oldin yoki keyin qabul qilish tavsiya etiladi: asetilsalisil kislotasi; antisekretor N2-antigistamin preparatlar; atenolol; metoprolol, propranolol; bisfosfonatlar; kation-almashinuvchi qatron polistirolsul'fonat natriy (uning kaliyni bog‘lab olishi xususiyati pasayadi, bu buyrak yetishmovchiligida metabolik alkaloz xavfini chaqiradi); xloroxin; siklinlar; yurak glikozidlari; dolutegravir; levotiroksin; eltrombopag; estramustin; etambutol; temir, stronsiy, rux, ftoridlar, fosfatlar saqlovchi preparatlar; feksofenadin; ftorxinolonlar; glyukokortikoidlar (o‘rinbosar davolash sifatida gidrokortizondan tashqari), prednizolon va deksametazon uchun ta'riflangan; qalqonsimon bezi gormonlari; indometasin; izoniazid; ketokonazol (me'da shirasining pH oshishi tufayli, uni MIY da so‘rilishi pasayishi); lansoprazol; linkozamidlar; fenotiazin neyroleptiklar; penisillamin; sul'pirid.
Tiazid diuretiklar va unga yaqin birikmalar bilan birga qabul qilganda ehtiyotkorlikka rioya qilinsin (kal'siyni siydik bilan chiqarilishini kamayishi tufayli giperkal'siemiya xavfi).
Maxsus ko’rsatmalar
Quyidagi simptomlardan bittasi yoki ko‘prog‘i bo‘lganida shifokorga murojaat etish kerak: tana vaznini kamayishi; yutishni qiyinlashishi yoki qorin sohasida doimiy diskomfort; birinchi marta paydo bo‘lgan yoki o‘zgargan ovqat hazm bo‘lishini buzilishi; buyrak kasalligini mavjudligi (ushbu ma'lumot zardobda kal'siy darajasini monitoring qilish uchun zarur). Saxaroza mavjudligi tufayli fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukozo va galaktozani so‘rilishini buzilishi, saxaraza-izomal'taza yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda preparatni qo‘llash mumkin emas.
Agar preparatni qalul qilish vaqtida simptomlar saqlanib qolsa, yoki ahvoli yomonlashsa, tekshiruv va davolashni buyurish uchun shifokor bilan maslahatlashish zarur. Nojo'ya samaralari tiazid diuretiklar bilan birga qabul qilinganda yoki sut yoki sut mahsulotlarini ko'p miqdorda qabul qilgan pasientlarda, аупiqsa , uzoq muddat qo'llanilganda ko'proq kuzatilgan.
Kuniga 4-8 tabletkadan ko‘proq qabul qilganda davolash davomiyligini maksimal qisqartirish kerak, simptomlar bartaraf etilgandan keyin dori vositasini qabul qilishni to‘xtatish kerak. Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga ko‘rsatmalar: 1 tabletka 475 mg saxaroza saqlaydi.
Homiladorlik va laktasiya davri
Hayvonlarda teratogenez haqidagi ishonchli ma'lumotlar yo‘q. Kal'siy karbonatini yuqori dozalarda va uzoq vaqt yuborilganda ossifikasiya ko‘rinishida nuqsonlar rivojlanishi aniqlangan. Odamlarga tavsiya etilgan dozalarda buyurilganda rivojlanish nuqsonlarini yuzaga kelishi yoki embriotoksik samaralar haqidagi ma'lumotlar aniqlanmagan. Shunga qaramasdan, kuzatilishi mumkin bo‘lgan xavfni inkor etish uchun homilador ayollar tomonidan dori vositasini qabul qilish holatlari haqidagi ma'lumotlar yetarli emas. Shuning uchun homiladorlik vaqtida ayollarga preparatni buyurishni faqat mutloq zarur holatlarda ko‘rib chiqish kerak.
Homilador ayolga dori vositasini buyurganda, magniy tuzlari diareya rivojlanishini chaqirishi mumkinligi, uzoq vaqt davomida yuqori dozada kal'siy qabul qilinganda ichki a'zolar, shu jumladan buyrak kal'sinozi bilan kechuvchi giperkal'siemiya xavfi mavjudligini yodda tutish kerak. Emizish davrida Rennie® preparatini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalarga rioya qilish sharti bilan buyurish mumkin. Qabul qilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Dori vositasini transport vositalarini yoki poteпtsial хavfli mехапizmlаrпi boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Asosan buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda preparatning yuqori dozalarini uzoq vaqt qabul qilish buyrak yetishmovchiligi, gipermagniemiya, giperkal'siemiya va alkalozga olib kelishi mumkin. Bunday holatlarda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va yetarli miqdorda suyuqlik qabul qilish kerak. Dozani oshirib yuborishning og‘ir holatlarida (masalan sut kislota-ishqor sindromida) shifokor bilan maslahatlashish kerak, chunki suv muvozanatini tiklash bo‘yicha qo‘shimcha choralar talab etilishi mumkin. Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
12 tabletkadan perforatsiyali (PVX/Al) blisterda.
1 yoki 2 blister tibbiyotda qo’llanilishiga doir yo’riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoitlari
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi, manzil
Del'farm Gayar,
33, Ryu de L'industri 74240 Gayar, Fransiya
Ro’xatdan o’tkazilganlik guvoxnomasinig egasi, manzil
Bayer Kons'yumer Ker AG,
Peter Merian-Strasse 84, 4052 Bazel', Shveysariya
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili:
«SINOMED»
100017, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., S-5, kottedj 155.
Tel.: +99871 244-96-00;
faks: +99871 244-95-47.
Е-mail: info@sinomed.uz
СН-20230622-81