Renni®️ mentol

Renni®️ mentol

Renni®️ mentol tabletkalari, ortiqcha kislotani neytrallashtirib va jig’ildon qaynashi simptomlarini yoqotadi. Me'da shirasining kislotalig darajasini pasaytiradi va qizilo'ngachga tushishini oldini oladi. Preparat yoqimli mentol ta'mi va sovutish ta'siriga ega.

Yo’riqnoma

 

Rennining ko’rsatmalari va qo’llash usuli

Jig’ildon qaynashi yoki me'da shirasining kislotaliligi oshishining boshqa xarakterli simptomlari paydo bo'lsa, preparatni qabul qilish kerak. Tavsiya etilgan doza - bir qabulda bir yoki ikkita tabletkani tashkil etadi. Ba'zi hollarda davolovchi shifokor muqobil dozalarni buyurishi mumkin.

Tabletkalarni chaynash yoki to'liq erimaguncha og'izda ushlab turish mumkin. Agar yengillik bo'lmasa, keyingi bir martalik dozani ikki soatdan kechiktirmasdan qabul qilish mumkin. Kuniga maksimal 11 tabletkaga ruxsat beriladi.

Renni preparatini qo’llash bo'yicha yo’riqnomasida 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga, og'ir buyrak kasalligi bo'lgan, ichaklarda uglevodlarning so'rilishi buzilgan va plazmadagi kaltsiy darajasi yuqori bo'lgan odamlarga tavsiya etilmaydi. Renni®️ mentol tarkibidagi moddalarga allergik reaktsiyasi bo'lgan odamlar preparatni qabul qilishdan bosh tortishlari lozim. Fruktozani o’zlashtiraolmaslik va qandni parchalaydigan fermentlar tanqisligida, preparatni qo'llash istisno qilish tavsiya etiladi.

Renni®️ homiladorlik vaqtida qo’llash mumkin. Shuningdek preparat emizishda ruxsat etilgan.

Shuni esda tutish kerakki, preparat boshqa dorilarning so'rilishini sekinlashtirishi mumkin: antibiotiklar, yurak glikozidlari va boshqalar. Renni®️ va ushbu preparatlarni qabul qilish orasida 1-2 soatlik intervalni saqlash kerak.

Qabul qilish qoidalariga rioya qilganda, nojo'ya ko’rinishlar juda kam hollarda yuzaga keladi. Agar noxush ko’rinishlar yuzaga kelsa, preparatni qabul qilishni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

 

Nojo’ya ta’siri

Tavsiya etilgan dozalarga rioya qilgan holda, preparat yaxshi o’zlashtiriladi, ammo kam hollarda allergik reaksiyalar bo’lishi mumkin: toshma, Kvinke shishi, anafilaktik reaksiyalar.

 

Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar

Og'ir buyrak etishmovchiligi, giperkalsiemiya, gipofosfatemiya, nefrokalsinoz, preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, saxaroza / izomaltaza tanqisligi, fruktozani o’zlashtiraolmaslik, glyukozo-galaktoza kam so’rilishi, 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo’llash mumkin emas.