MАQULLАNGАN»
Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi huzuridagi
Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligining “Dori
vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va
standartlashtirish davlat markazi” DUK
«11 »_05_2023y. №7
TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHIGA DOIR YO‘RIQNOMA RЕNNI®
Preparatni qo‘llashdan oldin tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomani to‘liq
o‘qib chiqing, chunki u siz uchun muhim ma’lumot saqlaydi. Preparatni har doim
ilovadagi yoki shifokor yoki dorixona xodimi tavsiyalarga muvofiq qo‘llang.
Tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomani saqlang. Ehtimol u Sizga uni
takroran o‘qib chiqish talab etilishi mumkin.
Preparatning savdo nomi
RЕNNI
Dori shakli
Apelsin ta’mli chaynaladigan tabletkalar.
Ta’rifi
Oq yoki sarg‘ish-oq rangli, kvadrat shaklli, yuzalari ichkariga botgan, ikkala tomonidan «RENNI» gravirovkasi bo‘lgan, apelsin hidli tabletkalar.
Tarkibi
Ta’sir etuvchi moddalar:
kalsiy karbonati 680 mg;
magniy karbonati asosiy, og‘ir 80 mg.
Yordamchi moddalar: saxaroza, oldindan jelatinlangan makkajo‘xori kraxmali, kartoshka kraxmali, talk (E553b), magniy stearati (E572), yengil suyuq parafin, saxarin natriy (E954), apelsin aromatizatori.
Farmakoterapevtik guruhi:
Antatsid vositalarning boshqa majmualari.
ATX kodi: A02AX.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Dori vositalari antatsid vositalar saqlaydi: kalsiy karbonati va magniy karbonati. Ta’sir prinsipi mahalliy, ta’sir etuvchi moddalarni tizimli qon aylanishiga tushishiga bog‘liq emas. Kalsiy karbonati neytralizatsiya qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu samara magniy karbonatini qo‘shish bilan kuchaytiriladi, u ham neytralizatsiya qiluvchi ta’sirga ega.
In vitro sharoitda kislotani neytralizatsiya qilish tadqiqotlari (sun’iy me’da modeli) Renni preparati me’daning pH ni 40 sekundda 1,5-2 dan pH 3 gacha oshirishini va 1 minut 13 sekundda pH 4 ga erishishi mumkinligini namoyish qilgan. Modelda erishilgan pH ning maksimal darajasi 5,24 ni tashkil qilgan.
Farmakokinetikasi
Renni preparatini me’da shirasi bilan o‘zaro ta’siri natijasida me’dada kalsiy va magniyning eruvchan tuzlari hosil bo‘ladi. Ushbu birikmalardan kalsiy va magniyni so‘rilish darajasi preparatning dozasi va individual xususiyatlarga bog‘liq. Maksimal so‘rilish darajasi - 10 % kalsiy va 15-20 % magniy. Sog‘lom shaxslarda so‘rilgan kalsiy va magniyning oz miqdori buyraklar orqali chiqariladi. Buyrak funksiyasini buzilishida plazmada kalsiy va magniy konsentratsiyasi darajasi oshishi mumkin. Ichakda turli me’daga tegishli bo‘lmagan ovqat hazm qilish suyuqliklari eruvchan tuzlari erimaydigan shaklga aylantiradi, ular axlat bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Jig‘ildon qaynashi va kislotali refluksda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar: bir martalik doza 1-2 tabletka, og‘riqlarda – kuniga 4 dan 8 tabletkagacha. Tabletkani chaynash yoki to‘liq erib ketgunigacha og‘izda ushlab turish mumkin.
Kuchli og‘riqda doza qisqa vaqt kuniga 11 tabletkagacha oshirilishi mumkin.
Dori vositasi qabul qilish davomiyligi 10 kundan oshmasligi kerak.
Noxush reaksiyalar
Immun tizimi tomonidan: juda kam xollarda allergik reaksiyalar - toshma, eshakemi, qichishish, Kvinke shishi, hansirash va anafilaksiya.
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan: buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda preparatning yuqori dozalarini uzoq vaqt qabul qilish dozani oshirib yuborilishi bilan bog‘liq reaksiyalar – gipermagniyemiya, giperkalsiyemiya va alkaloz namoyon bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
MIY tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, me’da tomonidan buzilishlar, qabziyat va ich ketishi.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan: mushak kuchsizligi.
Bernett sindromi (sut-ishqoriy sindrom) uchun xarakterli bo‘lgan nojo‘ya samaralar.
MIY tomonidan: ta’m bilishni yo‘qolishi.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi reaksiyalar: kalsinoz va asteniya.
Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan: azotemiya kuzatilishi mumkin.
Noxush reaksiyalar haqida xabar berish
Agar Sizda biron-bir noxush reaksiyalar yuzaga kelsa, shifokor bilan maslahatlashing. Ushbu tavsiya har qanday kuzatilishi mumkin bo‘lgan noxush reaksiyalarga, shu jumladan ilova-varaqada sanab o‘tilmagan reaksiyalarga taalluqli. Siz shuningdek noxush reaksiyalar haqida dori preparatlariga noxush reaksiyalar (ta’sirlar) bo‘yicha, shu jumladan dori preparatlarirning samarasizligi haqida informatsion ma’lumotlar bazasiga xabar berishingiz mumkin. Noxush reaksiyalar haqida xabar berib, Siz preparatning xavfsizligi haqida ko‘proq ma’lumot olishga yordam berasiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning ingrediyentlariga yuqori sezuvchanlik; giperkalsiyemiya va/yoki giperkalsiyemiyaga olib keluvchi kasalliklar; kalsiy tuzlarini saqlovchi toshlar chaqirgan nefrolitiaz; og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi; gipofosfatemiyada qo‘llash mumkin emas.
Dozani oshirib yuborilishi
Asosan buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda preparatning yuqori dozalarini uzoq vaqt qabul qilish buyrak yetishmovchiligi, gipermagniyemiya, giperkalsiyemiya va alkalozga olib kelishi mumkin, ular me’da-ichak yo‘llari tomonidan simptomlar (ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat) va mushak kuchsizlini chaqirishi mumkin. Bunday hollarda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va yetarli miqdorda suyuqlik qabul qilish kerak. Dozani oshirib yuborilishining og‘ir holatlarida (masalan sut-ishqoriy sindrom) shifokor bilan maslahatlashish kerak, chunki suv muvozanatini tiklash bo‘yicha qo‘shimcha choralar (masalan infuziyalar) talab etilishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar va qo‘llaganda ehtiyotkorlik choralari
Quyidagi simptomlardan bittasi yoki undan ko‘prog‘i bo‘lganida patsiyentlarga shifokorga murojaat etish tavsiya etiladi: tana vaznini kamayishi, yutishni qiyinlashishi yoki me’da sohasida doimiy diskomfort; birinchi marta paydo bo‘lgan yoki o‘zgargan ovqat hazm qilishni buzilishi; buyrak funksiyasini buzilishini mavjudligi (qon plazmasida kalsiy, fosfatlar va magniy darajasini muntazam tekshirish kerak), giperkalsiuriya.
Saxaroza mavjudligi tufayli preparatni fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza va galaktozani so‘rilishini buzilishi, saxaraza-izomaltaza yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.
Agar 10 kun davolagandan keyin simptomlar saqlansa yoki holat yomonlashsa, tekshiruv o‘tkazish va o‘tkazilayotgan davolashni qayta ko‘rib chiqish uchun shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Preparatni uzoq vaqt qo‘llash buyraklarda tosh hosil bo‘lishi xavfini oshirishi mumkin.
Preparatni 10 kundan ko‘proq davolash uchun qo‘llash mumkin emas: tiazid diuretiklari bilan birga qabul qilganda yoki sut yoki sut mahsulotlarini ko‘p miqdorda qabul qilayotgan patsiyentlarda, ayniqsa uzoq vaqt qo‘llaganda nojo‘ya samaralar kuzatilgan.
Agar bir marta qabul qilish kuniga 4-8 tabletkadan oshsa (ammo 11 tabletkadan oshmasa) davolash qisqa muddatli bo‘lishi va simptomlar bartaraf etilgandan keyin to‘xtatilishi kerak.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar uchun ko‘rsatmalar: 1 tabletka 475 mg saxaroza saqlaydi.
Dorilarning o‘zaro ta’siri
Bir vaqtda qabul qilinganda ichga qabul qilinadigan boshqa dori vositalarini MIY da so‘rilishi pasayadi. Ehtiyotkorlik chorasi sifatida antatsidlarni boshqa dori vositalaridan alohida qabul qilgan afzal.
Renni preparatini boshqa dori vositalarini qabul qilishdan kamida 2 soat oldin yoki keyin qabul qilish tavsiya etiladi: atsetilsalitsil kislotasi; antisekretor H2-antigistamin preparatlari; atenolol; metoprolol, propranolol; bisfosfonatlar; polistirolsulfonat natriyning kation almashinuvchi qatroni (uning kaliyni bog‘lash qobiliyatini pasayishi, bu buyrak yetishmovchiligida metabolik alkaloz xavfini chaqiradi); xloroxin; siklinlar; yurak glikozidlari; dolutegravir (Renni preparatini dolutegravirni qabul qilgandan keyin kamida 2 soatdan keyin yoki kamida 6 soat oldin qabul qilish kerak); levotiroksin; eltrombopag; estramustin; etambutol; temir, stronsiy, rux, ftoridlar, fosfatlar saqlovchi preparatlar; feksofenadin; ftorxinolonlar; glyukokortikoidlar (o‘rinbosar davolash sifatida gidrokortizondan tashqari), prednizolon va deksametazon uchun ta’riflangan; qalqonsimon bezi gormonlari; indometatsin; izoniazid; lansoprazol; linkozamidlar; fenotiazin neyroleptiklar; penitsillamin; sulpirid.
Tiazid diuretiklari: kalsiyni siydik bilan chiqarilishini pasayishi tufayli giperkalsiyemiya xavfi mavjud.
Fertillik, homiladorlik va laktatsiya
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar reproduktiv funksiyaga bevosita yoki bilvosita zararli ta’sirni namoyish qilmagan.
Tavsiya etilgan dozalarda buyurilganda rivojlanish nuqsonlari yoki embriotoksik samaralarni yuzaga kelishi haqidagi ma’lumotlar aniqlanmagan. Shunga qaramasdan, homilador ayollar tomonidan dori vositasini qabul qilish haqidagi ma’lumotlar kuzatilishi mumkin bo‘lgan xavfni inkor etish uchun yetarli emas. Shuning uchun homiladorlik vaqtida preparatni buyurish faqat zarurat bo‘lgan hollardagina ko‘rib chiqilishi mumkin.
Maksimal tavsiya etilgan sutkalik dozani oshirish mumkin emas, davolash davomiyligi 10 kungacha.
Homilador ayollarga sut va sut mahsulotlarini ko‘p miqdorda bir vaqtda iste’mol qilishdan saqlanish tavsiya etiladi.
Kalsiy va magniy ko‘krak suti bilan ajraladi, ammo Renni preparatining terapevtik dozalari emizikli yangi tug‘ilgan chaqaloqlar/go‘daklarga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Qo‘llash bo‘yicha tavsiyalarga rioya qilinganda emizish mumkin.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’siri
Avtomobilni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri haqida ma’lumotlar yo‘q.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
12 tabletkadan perforatsiyali (PVX/Al) blisterda.
2 blisterdan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi birga karton qutiga joylangan.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining egasi
Bayer Consumer Care AG,
Peter Merian-Strasse 84, 4052 Bazel, Shveysariya
Ishlab chiqaruvchi
Delpharm Gaillard,
33 ruе de l‘industrie, 74240 Gaillard, Fransiya
Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi manzil bo‘yicha olish mumkin
220089
Minsk, Dzerjinskogo shox ko‘ch., 57, 54 bino
Tel: + 375 (17) 2395420,
faks: + 375 (17) 3361236
Dori preparatining sifati bo‘yicha e’tirozlarni quyidagi elektron pochta manziliga yuborilsin: ptc.by@bayer.com
O`zbekiston Respublikasi hududida dori vositalarining sifati e’tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili:
«SINOMED»
100017, Toshkent sh., S-5, kottej- 155.
Tel.: +99871 244-96-00; faks: +99871 244-95-47.
Е-mail: info@sinomed.uz
СН-20230622-81