RENNI ®️ PREPARATI HAQIDA
Renni ®️ preparati ta’rifi
Bayer kompaniyasining Renni®️ preparati turli xil ta'mlarda (apelsin, mentol) chaynash tabletkalari sifatida chiqariladi. Preparat suv bilan ichilmaydi, bu qo’llash qulayligini ta'minlaydi. Tabletkalarni chaynash va yutish yoki og'izda to'liq eritish mumkin. Qo’llash bo’yicha rasmiy yo’riqnomasiga muvofiq Renni®️ ta'siri qisqa vaqt ichida nomoyon bo`ladi.
Preparat 48, 24 yoki 12 tabletkadan chiqariladi. Shifokorlar Renni®️ ni me’dada og'riq, epigastriyadagi og'irlik bilan birga kechishi mumkin bo'lgan jig’ildon qaynashi uchun buyuradilar. Tartibi va dozalar preparatning nima uchun ishlatilishiga qarab individual ravishda tanlanadi.
Rasmiy veb-sayt qabul qilish uchun quyidagi tavsiyalarni beradi:
- erkaklar, ayollar va 12 yoshdan katta bolalar bir vaqtning o'zida 1-2 tabletka qabul qilishlari mumkin;
- dozalar orasidagi interval kamida 2 soat bo'lishi kerak;
- yakuniy sutkalik doza 11 tab.;
- boshqa medikamentlarni Renni®️ ni qabul qilishdan bir necha soat oldin yoki keyin qabul qilish kerak, chunki me'da shirasining pH qiymatining o'zgarishi dori vositalarini yomon so'rilishiga olib kelishi mumkin.
Tabletkalar qirralari ko‘tarilgan kvadrat shaklida bo‘lib, ikkala tomonida “RENNIE” yozuvi bosilgan.
Preparatning tarkibi va ta’rifi
Jig’ldon qaynashiga qarshi Renni®️ antasidlar guruhiga mansub (ortiqcha xlorid kislotasini neytrallash). Uning tarkibiga ikkita faol komponent kiradi: kaltsiy karbonati 680 mg va magniy gidroksikarbonati 80 mg. Shuningdek, Renni®️ preparati bir qator qo'shimcha elementlarni saqlaydi (makkajo'xori va kartoshkadan olingan kraxmal, sorbitol (Renni®️ qandsiz chaynash tabletkalari (yalpiz), talk, magniy stearati, suyuq parafin, natriy saxarinati, saxaroza (Renni®️ uchun, chaynash tabletkalari; chaynash tabletkalari (apelsin) va aromatizatorlar).
Me’daga tushib faol moddalar ortiqcha kislotani tezda neytrallashtiradi. Shu bilan birga, xlorid kislotaning ovqat hazm qilish yo’lining shilliq qavatiga salbiy ta'sirini kamaytiradi. Samara bir necha soat davom etadi. Preparat allergik reaktsiyalardan tashqari nojo'ya reaktsiyalarni keltirib chiqarmaydi.1 Renni®️ uzoq muddat foydalanish gipermagniemiya va giperkalsiemiyaga olib kelishi mumkin.
Dorixonalardagi narx
Preparatni deyarli har qanday dorixonada sotib olish mumkin. Narx mintaqasiga qarab biroz farq qilishi mumkin. Jig’ildon qaynashi uchun Renni®️ ni retseptisiz sotib olishingiz mumkin.
Renni®️ tarkibida odam organizmi uchun tabiiy faol moddalar (kaltsiy va magniy birikmalari) mavjud va shu bilan birga tez va uzoq muddatli terapevtik samara ko'rsatadi (40soniya keyin ta’sir qilishni boshlaydi)1).
Adabiyot:
- Preparatni tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo’riqnomasi
Renni ®️ mentol
Mentol ta'mli jig’ildon qaynashiga qarshi Renni®️ nafaqat noxush hisslardan xalos bo'lishga yordam beradi, balki yoqimli ta'mni ham qoldiradi. Preparat qabul qilinganidan keyin qisqa vaqt ichida ta`sir qilishni boshlaydi. Renni®️ me’dadagi kislotalilikni pasaytiradi va uni tinchlantiradi, shuningdek, yoqimli mentol ta'mi va sovutish ta'siriga ega.
Renni®️ apelsin
Apelsin ta’mli Renni®️ tarkibida jig’ildon qaynashi simptomlarini yengillashtirishga yordam beradigan komponentlar mavjud. Ular ortiqcha kislotani neytrallashtiradi. Renni®️ chaynash tabletkalarini 12 yoshdan boshlab qo’llash mumkin, apelsin ta'mi esa preparatni qabul qilishni mazali va yoqimli qiladi.
СН-20230622-81