Savollar va javoblar
Renni qanday ta'sir ko'rsatishini tushunish uchun foydalanish bo'yicha rasmiy yo'riqnomaga murojaat qilish lozim. Preparat oshqozondagi xlorid kislotasini zararsizlantiruvchi kombinatsiyalangan antatsidlar guruhiga kiradi. Faol moddalar (kalsiy karbonat va magniy karbonat) kislota bilan tezda reaksiyaga kirishadi va eruvchan tuzlar hosil qiladi, natijada esa preparat oshqozon shilliq qavatiga himoyaviy ta'sir ko'rsatadi1.
Zarda bo'lish va dispepsiya kuzatilayotgan bemorlar uchun Rennining qancha vaqt o'tgach ta'sir qila boshlashini bilish muhim. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo'riqnomalariga ko'ra, preparat tabletkalarini 3-5 minut davomida chaynashdan yoki og'izda to'liq so'rilishidan so'ng ijobiy ta'sir ko'rsata boshlaydi. Bunday tezkor ta'sir Renni tarkibidagi yuqori kalsiy miqdori va preparatning yaxshi eruvchanligi bilan ta'minlanadi1.
1. Renni preparatini qo'llash bo'yicha rasmiy yo'riqnoma, Farmakodinamika bo'limi./p>
Renni ovqatdan oldin yoki keyin qabul qilinishi bo'yicha qat'iy ko'rsatmalar yo'q. Ko'rsatmalarga ko'ra, tabletkalar simptomlar kuzatilishi bilan chaynaladi yoki so'riladi. Ularning ovqatdan oldin yoki keyin paydo bo'lganligi muhim emas.
Preparatni qancha muddat davomida qabul qilish mumkin? Rennini qabul qilishdagi oraliq muddat 2 soatni, maksimal sutkalik doza esa 11 tabletkani tashkil qilishi kerak1. Rennini qabul qilishninig davomiyligi bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatmalar yo'q, ammo buyrak faoliyatida buzilishlari bor bemorlarga Renni ehtiyotkorlik bilan buyuriladi2.
1. Renni preparatini qo'llash bo'yicha rasmiy yo'riqnoma, Dozalar va qo'llash usuli bo'limi.
2. Renni preparatini qo'llash bo'yicha rasmiy yo'riqnoma, Maxsus ko'rsatmalar bo'limi.
Renni preparati kalsiy karbonat va magniy karbonatni o'z ichiga olgan kombinatsiyalangan antatsiddir. Rasmiy yo'riqnomada zarda bo'lganda Rennini qanday to'g'ri qabul qilish kerakligi ko'rsatilgan: chaynash uchun tabletkalar og'iz orqali qabul qilinadi, so'rilguncha og'izda saqlanadi yoki chaynaladi. Preparatni simptomlarni davolash doirasida bir martalik doza uchun 2 tagacha tabletkadan qo'llaniladi. Samaradorlik yetarli bo'lmaganda preparatni ikki soatdan so'ng qayta qabul qilishga ruhsat beriladi1.
1. Rennini qo'llash bo'yicha yo'riqnoma.
Ota-onalarda savol tug'ilishi mumkin: Renni bolalarga mumkinmi? Ishlab chiqaruvchining ko'rsatmalariga ko'ra, Renni kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga bir martalik doza uchun 2 tagacha tabletkada tayinlanadi. Bir sutkada ko'pi bilan 11 ta chaynaluvchi tabletkalar qabul qilish mumkin. 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga ta'qiqlanadi. Rennini bolalar qo'li yetmaydigan joyda saqlash tavsiya etiladi, chunki tabletkalar apelsin, yalpiz yoki salqinlatuvchi ta'mga egaligi sabab bolalar uni konfet sifatida qabul qilishlari mumkin1.
Epigastral sohadagi og'irlik va qorin dam bo`lishi hissi bu Renni qabul qilishning bevosita ko'rsatmalaridan biri bo'lib, u oshqozon shilliq qavatini xlorid kislotasi ta'siridan himoya qiladi. Ammo, oshqozondagi og'irlik sabab Renni qabul qilishga qaror qilgan inson antatsidlarning boshqa dorilarning so'rilishini pasaytiruvchi xususiyatini esdan chiqarmasligi kerak, shuning uchun og'iz orqali yuboriladigan dorilarni Renni bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi®️1.
1. Rennini qo'llash bo'yicha yo'riqnoma.
Rennini gastrit davomida tayinlash kasallikning giperasid shakli (yuqori kislota miqdori bilan kechuvchi) va parallel holda reflyuks-ezofagit (oshqozondagi massani qizilo'ngachga qayta chiqarib tashlash) kuzatilganida o'rinli1. Ammo, gastritning gipo- va anatsid shaklida (past kislota darajasi yoki uning yo'qligi) preparatni qo'llash maqsadga muvofiq emas. Shu munosabat bilan, Rennini gastrit mobaynida qo'llash ehtimoli uning turiga bog'liq, ular to'g'risida shubha tug'ilganida esa mutaxassis bilan maslahatlashish zarur.
1. Renni preparatini tibbiy qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
Preparat asosan oshqozon zarda bo'lishi va oshqozon kislotasi me'yordan oshganda ishlatiladi 1. Preparatni qo'llash bo'yicha yo'riqnomada qorin dam bo'lishi kabi ko'rsatma yo'q, ammo meteorizm belgilari ko'pincha jig'ildon qaynashi va kekirish bilan kechadi va bu hollarda esa antatsidlar tavsiya qilinadi.
1. Renni preparatini tibbiy qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
Qancha muddat qabul qilish bo'yicha qat'iy cheklovlar yo'riqnomada mavjud emas. Renni preparati jig'ildon qaynashini simptomatik davolash uchun mo'ljallangan. Agar hurujlar sizni tez -tez va uzoq vaqt davomida bezovta qilayotgan bo'lsa, o'zingizda jiddiy oshqozon-ichak kasalliklari bor yoki yo'qligini bilish uchun shifokor bilan maslahatlashishingiz kerak. Shuni ham unutmaslik kerakki, buyrak funksiyalari buzilgan bemorlar preparatni uzoq muddat ishlatishdan ehtiyot bo'lishlari lozim1. Rasmiy yo'riqnomada Rennini qancha qabul qilish mumkinligi haqida ma'lumotlar mavjud: maksimal sutkalik doza — 11 tabletkadan iborat bo'lib, ular zaruratga ko'ra so'riladi yoki chaynaladi, lekin ularni qabul qilish orasida kamida 2 soat o'tishi shart1.
1. Renni preparatini tibbiy qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
Renni® ni nechi yoshdan boshlab qabul qilish mumkinligini preparat yo’riqnomasidan bilib olishingiz mumkin. Renni® kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga qo'llashga qarshi ko’rsatmalar bo’lmasa qo’llash mumkin. Bularga og'ir buyrak etishmovchiligi, nefrokalsinoz, giperkalsiemiya va boshqalar kiradi.